Buralish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Buralish — sterjen, plastinka yoki qavariq sirtning tashki burovchi momentlar (kuchlar jufti) taʼsirida vujudga keladigan deformatsiya (koʻndalang kesimlarning oʻzaro burilishi). Doiraviy toʻgʻri sterjen burovchi moment taʼsirida buralganda uning koʻndalang kesimidagi barcha nuqtalar oʻz tekisligida qoladi, sterjen uchlari (koʻndalang kesimlar) orasidagi masofa esa oʻzgarmaydi, kesimlar radiusi toʻgʻri chiziqligicha qoladi. Koʻndalang kesimlar bir-biriga nisbatan umumiy oʻq atrofida biror burchakka buriladi. B. dumaloq sterjenlarda faqat urinma zoʻriqishlarni, boshqacha koʻndalang kesimli sterjenlarda urinma va normal (tik) zoʻriqishlarni hosil qiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil