Bunt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bunt, uyum, gʻaram — 1) paxta zavodi va punktlarida chigitli paxtani uzoq vaqt saklash uchun usti brezent bilan yopib qoʻyiladigan paxta uyumi. B. 25x14 yoki 22x11 m oʻlchamdagi maxsus maydonlarda hosil qilinadi. Maydon yer sathidan yarim metr yoki uidan ham balandroq koʻtarilib shibbalangan, ustiga asfalt yoki tosh yotqizilgan, baʼzan somonli loy bilan qalin suvalgan boʻladi. Har qaysi B.da 300—600 t paxta saklash mumkin. B.ning balandligi, asosan, 8—9,5 m boʻlib, ustiga yopilgan brezent har joyhar joyidan arqon bilan pastga tortib qoʻyiladi. Paxta qizib ketib, oʻz-oʻzidan alangalanmasligi uchun B. ichiga har 4—5 m oraliqda shamollatish tuynuklari qilinadi; 2) qand lavlagi, sabzavotlar (zdlar yaqinida) vaqtincha saqlanadigan uzun uyum; 3) ochiqjoyga taxlab qoʻyilgan toy xashaklar uyumi; 4) teri va arqonlar bogʻlami.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil