Bunostomoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bunostomoz — kovsh qaytaruvchi hayvonlarda uchraydigan gelmintoz kasallik. Kasallikni mollarning ingichka ichagida parazitlik qiladigan Bunostomum trigonocephalum (qoʻy va echkilarda) va V. phlebitomum (qoramollarda) nematodalari quzgʻatadi. Ingichka ichakda yashaydigan urgʻochi nematodalar tuxumlari najas bilan tashqariga chiqadi va qulay sharoitlarda tuxumdan chiqqan lichinkalar 3—7 sutkada invazion bosqichga yetadi. Lichinkalar aksariyat hollarda teri orqali, shuningdek ozuqa va suv bilan hayvon organizmiga kirganda kasallik yuqadi. Kasallangan mol oriqlaydi, quvvatdan ketadi, oʻsmaydi, kamqon boʻlib qoladi, ichi ketadi, buzoklarda yalanish kuzatiladi. Lavroskopiya oʻtkazib tashhis qoʻyiladi. Davolash: fenotiazin, nilverm, morantel tantrat, tivedin beriladi. Oldini olish: hayvonlarning terisini va binolarni toza tutish.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil