Bundibugyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bundibugyo
0°42′36″N 30°3′54″E / 0.71000°N 30.06500°E / 0.71000; 30.06500 G OKoordinatalari: 0°42′36″N 30°3′54″E / 0.71000°N 30.06500°E / 0.71000; 30.06500 G O
Mamlakat Uganda
Viloyat G'arbiy Uganda
Subviloyat Rwenzururu subviloyat
Tuman Bundibugyo
Hukumat
Aholisi
 (2020)
22 300[1]
Bundibugyo xaritada

BundibugyoUgandaning Gʻarbiy hududidagi shaharcha. Bu Bundibugyo tumanining “bosh shaharchasi” boʻlib, tuman shtab-kvartirasi shu yerda joylashgan[2].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bundibugyo g'arbda Fort Portaldan taxminan 85 kilometr (53 mi) uzoqda joylashgan yirik shahardir. Unga olib borfadigan yo'l qiyalik va burilishlardan tashkil topgan. Bundibugyo g'arbda Kampaladan shahridan taxminan 378 kilometr (235 mi)uzoqlikda joylashgan.

Bundibugyo shahrining geografik koordinatalari: 0°42'45.0"N 30°03'36.0"E (kenglik:0,712500; Uzunlik: 30,059999). Bundibugyo shahar o'rtacha dengiz sathidan tahminan 3,461 feet (1,055 m) yuqori balandlikda joylashgan[3].

Umumiy koʻrinish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bundibugyo - Ugandaning eng g'arbiy tuman makazlaridan biri hisoblanadi. Kisoro, Kanungu va Rukungiri Bundibugyodan g'arbda joylashgan bo'lsa-da, bu Rvenzori tog'laridan g'arbda joylashgan Ugandaning yagona okrugi poytaxtidir. Bundibugyo dengiz sathidan taxminan 900 metr (3,000 ft), balandlikda joylashgan. Shahardagi asosiy etnik elatlar - Bamba va Bakonjo xalqlaridir. Biroq ular bilan birga boshqa etnik elatlar ham yashaydi, masalan Batooro, Bakiga, Banyoro va Banyankole[4].

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilgi milliy aholini ro'yxatga olishda Bundibugyo aholisi 13,782 kishini tashkil etdi. 2010-yilda Uganda Statistika Byurosi (UBOS) shahar aholisini 20 500 kishidan tashkil tpganini e'lon qilishdi. 2011-yilda UBOS Bundibugyoning o'rta yillik 21,600 kishi tashkil etishini aniqladi[5].

2014-yilda milliy aholini ro'yxatga olish shahar aholisini 18 823 kishini tashkil etdi. 2015-yilda UBOS shahar aholisini 19 000 kishi deb hisoblagan. 2020-yilda aholi agentligi Bundibugyo shahar kengashining o'rta yillik aholisini 22,300 kishini tashkil etdi. Ularning 11400 nafari (51,1 foiz) ayollar va 10900 nafari (48,9 foiz) erkaklardir. UBOS hisob-kitoblariga ko‘ra, shahar aholisi 2015-2020-yillar orasida har yili o‘rtacha 3,3 foizga oshgan[1].

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
200213,782—    
201020,5+48.7%
201121,6+5.4%
201418,823−12.9%
201519+0.9%
202022,3+17.4%

Manfaat nuqtalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi diqqatga sazovor joylar shahar ichida yoki uning chegaralari bo'ylab joylashgan. Bularga quidagilar kiradi:

1. Bundibugyo tumani hokimligi shtab-kvartirasi

2. Bundibugyo shahar kengashining idoralari

3. Bundibugyo markaziy milliy bozor, shahardagi eng yirik yangi mahsulot bozor

4. Bundibugyo umumiy kasalxonasi, Uganda Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan boshqariladigan 160 o'rindan tashkil topgan davlat shifoxonasi

5. Stanbic Bank filiali

6. Bundibugyo aeroporti, fuqarolik aeroporti

7. Ebenezer Ettinchi kun adventistlari cherkovi binosi, ettinchi kun adventistlari e'tiqodiga bog'liq bo'lgan diniy joyidir.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Uganda Bureau of Statistics. „The population development of Bundibugyo as well as related information and services“ (Citypopulation.de Quoting Uganda Bureau of Statistics). Citypopulation.de (2020-yil 14-iyun). Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  2. Uganda Radio Network. „NUP Denied Campaign Venue In Bundibugyo Town Council“ (The Independent (Uganda) Quoting Uganda Radio Network). The Independent (Uganda) (2020-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  3. Topographic Map. „Elevation of Bundibugyo Town Council, Uganda“. Topographic-map.com (2021-yil 20-iyul). Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  4. Data Africa. „Data Profile of Bundibugyo“. Data Africa (2014). Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  5. Uganda Bureau of Statistics. „Estimated Population of Bundibugyo In 2002, 2010 And 2011“ (Archived from the original on 7 July 2014). Uganda Bureau of Statistics (2012). 2014-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.