Yettinchi kun adventistlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yettinchi kun adventistlari - adventizm zamirida paydo bo‘lgan eng yirik oqim hisoblanadi. 1844-yilda Nyu-Gempshir shahrida bir guruh kishilar tomonidan tuzilgan ushbu oqimning asoschisi Elena Uayt hisoblanadi. 1860-yilda alohida diniy konfessiya sifatida rasman tan olingan ushbu oqim vakillari 1863-yildan boshlab o‘z diniy tashkilotlarini tuza boshlaydilar. Yettinchi kun adventistlari asosiy aqida sifatida Iso Masihning qaytishiga ishonishni saqlab qolishgan. Bundan tashqari ular Bibliya buyruqlariga bo‘ysunishni qat’iy talab qilib qo'shib, ulardan eng muhimi to‘rtinchi buyruq, ya’ni shanba kuniga amal qilishni talab qiladilar. Ayni paytda, ular ruhning abadiyligi, jannat va do‘zax tushunchalarini inkor qilishadi, cho‘qintirishni esa butun tanani suvga botirish orqali o‘tkazishadi. Tashkilotning har bir a’zosi, o‘z oylik daromadining o‘ndan birini cherkov hisobiga o‘tkazishi shart. Izshalish asoschisi Elena U ayt tomonidan ishlab chiqilgan “Sanitar reformasiya”ga ko‘ra, cherkov a’zolariga “nopok hayvonlar” go‘shti, xususan, cho'chqa go‘shtini yeyish, kofe, choy, vino ichish, tamaki chekish taqiqlanadi. Turli xil ko‘ngil ochish ishlari, badiiy kitob o‘qish esa qoralanadi. Tashkilot a’zolariga yuqori darajadagi aktiv missionerlik xosdir. Ularning aqidalariga ko‘ra, Isoning tezroq qaytishi, barcha insonlar adventistik targ‘ibotni qancha tez eshitishlariga bog‘liqdir. Ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda 5 millionga yaqin adventistlar bor. Ular 184 mamlakatda 22 000 dan ortiq cherkov, 5000 dan ortiq o‘quv markazlari, 50 nashriyot, 160 ta kasalxonaga ega, AQSH va Kanadada bu yo‘nalish vakillari nisbatan keng tarqalgan, 170 dan ortiq tilda missionerlik adabiyotlarini chop etadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 194-195.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.