Bulutlilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bulutlilik — osmon gumbazining bulut bilan qoplanganlik darajasi. B. 10 balli shkala boʻyicha koʻz bilan chamalab aniqlanadi, bulut miqdori 10 balli tizim boʻyicha, bulut shakli esa bulut xalqaro tasnifi boʻyicha belgilanadi, agar osmon gumbazida hech bulut boʻlmasa, nol ball, agar osmon bulut bilan butunlay qoplangan boʻlsa, 10 ball beriladi. Osmon gumbazidagi bulut ulushini taxminan foizga aylantirib boshqa ballar beriladi. B. obhavo va iklimni belgilaydigan muhim omil hisoblanadi. Qish kunlari va tunda u Yer sirtidagi va Yer sirti yaqinidagi havo qatlami temperaturasining pasayishiga toʻsqinlik qiladi, chunki Yerdan nur ketyshi kamayadi. Yezda va kunduz kunlari B. Yer sirtida quyosh nurlari qizdirishini kamaytirib, qitʼaning ichki iklimini yumshoklashtiradi. Bulutlilik da ʼ.jiizorlar radiatsiya balansiikpt muhim omili. Oʻrta Osiyo hududida yoz va kuzda havoiing kam bulutli va ochiq boʻlishi dehqonchilik uchun juda qulay. Havo ochiqkunlar umumiy B. boʻyicha 60—90% ni, past B. boʻyicha 80—98% ni tashkil qiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil