Buloqboshi tabiati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buloqboshi tumani[1] - tuman hududi togʻ va togʻ oldi tekisliklaridan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati — 3,5 °C, iyulniki 26 °C. Yiliga 180–190 mm yogʻii tushadi. Vegetatsiya davri 230 kun. Tuman hududidan Janubiy Fargʻona kanali, Aravonsoy oqib oʻtadi. Tekisliklar boʻz, qoʻngʻir tuproqlar, adirlar qumtosh, mergel, lyoss va chaqirtoshlar bilan qoplangan. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, momaqaymoq. yalpiz, qamish, bangidevona, yantoq, otquloq, yulgʻun, ajriq, qirqboʻgʻin, gʻumay, quypichan, qoʻytikan usadi. Echkemar, qashqaldoq, toshbaqa, jayran, tulki, ilon, kaltakesak, tipratikan; qushlardan kaklik, bedana, laylak, yovvoyi oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, sassiqpopishak, qargʻa, zagʻizgʻon, mayna, boyoʻgʻli, burgut va boshqalar yashaydi.

  1. „Wikipediya.uz“ (6 noyabr 2021 yil). Qaraldi: 19.07.2022 yil.