Kontent qismiga oʻtish

Bulbulcha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bulbulcha — Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi bolalar katta xori. Oʻzbekistonda eng mashhur va yirik bolalar xor jamoasi, xor uslubida kuylash sanʼatining faol targʻibotchisi. 1970-yil tashkil topgan, 1982-yildan "B." nomida. Badiiy rahbari va bosh xormeyster — Oʻzbekiston xalq artisti Sh. Yormatov. Tarkibida tayyorlov, kichkintoylar (7 yoshgacha), oʻrta (8—15 yoshdagi), oʻsmirlar (15—20 yoshdagi), raqs, doirachilar, folklor guruhlari mavjud. Repertuaridan mumtoz xor sanʼati (I. S. Bax, V. Motsart, F. Shubert ijodi) namunalari, rus (D. Kabalevskiy, G. Struve. A. Sokolov va boshqalar), va, ayniqsa oʻzbek kompozitorlari (M. Ashrafiy, M. Leviyev, D. Zokirov, S. Yudakov, K. Abdullayev, A. Muhammedov, F. Qodirov, M. Burhonov, R. Vildanov, R. Abdullayev, F. Alimov, N. Norxoʻjayev, A. Mansurov, D. Omonullayeva, M. Otajonov va boshqalar) asarlari keng oʻrin olgan. "B." respublika va xalqaro (Rossiya, Finlandiya, Estoniya, Turkiya va boshqalar) xor festivallarining qatnashchisi va sovrindori. Xususan, Yugoslaviyaning Skople shahridagi "Oltin bulbulcha" Xalqaro bolalar festivali (1981, 1983, 1985), Minsk shahridagi Xalqaro bolalar xori festivali (1989) va boshqa Xor ijro etgan qoʻshiqlar gramplastinkalarda chiqarilgan, Oʻzbekiston radiosi va televideniyesi fondlarida saqlanadi.[1]

  1. "Bulbulcha" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil