Bulbulak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bulbulak — 1) torli musiqa cholgʻulari dastasining yuqori qismidagi ("shayton") harak. B. qadimiy yozma manbalarda "anaf" deyilgan. U yogʻoch yoki suyakdan yasaladi. Torli asboblarning quloqlar joylashgan tomoniga, pastki harak roʻparasiga oʻrnatiladi. B. torlarni dasta va pardalarga tegizmay koʻtarib turadi; 2) bolalar puflab chaladigan hushtak (oʻyinchoq). Loydan qushtumshuq obdasta shaklida yasalib, olovda pishiriladi. Ichiga suv solib, joʻmragidan puflaganda bulbul sayraganday tovush beradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil