Bukraa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bukraa — Saxroi Kabirning shim. qismidagi kon, dunyodagi eng katta fosforit konlaridan. 1973 yilda ishga tushirilgan. Kon yuqori boʻr davri gilkremniyohaktoshli jinslarida joylashgan. Sanoat miqyosida uyumlari donador fosforit qatlamlaridan (qalinligi 2–6 m) tuzilgan. 50—90% fosfat donalaridan va faunalarning fosfatlashgan qoldiq qoʻshimchalari (mollyuska, foraminifera, reptiliya, baliklar)dan iborat. R2O5 miqdori 30—33%. Fosforitlarda har doim koʻp miqdorda (0,005—0,07%) uran, goho nodir yer elementlari (0,07—0,3% gacha) va pirit uchraydi. Fosforitning umumiy zaxirasi qariyb 10 mlrd. t ga teng . Konning asosiy markazi — Buk.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil