Bukish mashinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bukish mashinasi (mashinasozlikda) — yogoch yoki metall zagotovka (xom ashyo, list, truba)ni sovuqlayin yoki qizdirib bukish uchun moʻljallangan qurilma. Universal Bukish mashinasi ning uch va toʻrt valikli (rotatsion), traversasi buriladigan, rolikli, andazasi yoki richagi buriladigan xillari bor. Qalinligi 40–50 mm dan ortiq zagotovkalar qizdirib, bundan yupqalari sovuqlayin bukiladi. Listli prokat toʻgʻri chiziqli harakatlanuvchi list bukish mashinalari (presslar)da, traversasi buriladigan va rotatsion mashinalarda, sortli prokat va trubalar rolikli Bukish mashinasi da bukiladi. Polosa, burchaklik, kvadrat, doyra va boshqa sortli prokatlardan yasalgan detallarni bukish, toʻgʻrilash va shtamplash uchun gorizontal bukishshtamplash presslari (buldozerlar), toʻgʻrilash presslari ishlatiladi. Kalibrlangan simlar yoki lentalardan yasaladigan mayda buyumlar (shplintlar, skrepkalar, radioapparatura detallari va boshqalar) bukish avtomatlarida tayyorlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil