Bugulma
Jump to navigation
Jump to search
Bugulma — RF Tatariston Respublikasidagi shahar (1781 yildan). Bugulma daryosi Zay daryosiga quyilish yerida. Bugulma stansiyasi. Aholisi 91,1 ming kishi (1999). Neft qazib chiqariladi. Mashinasozlik ("Nefteavtomatika" zavodi, "Bugulmaneftemash" ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar), metallsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari (goʻsht, sut, un k-tlari, pivo va likyoraraq zavodlari), chinni zavodi mavjud. Teatr, oʻlkashunoslik va boshqa muzeylar bor. B.ga 1736 yil asos solingan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |