Bugʻu kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Bugʻu kuni — Nenets avtonom okrugi va Komi respublikasidagi bugʻuchilik xoʻjaliklari ishchilaring kasb bayrami. 2-avgust kuni Ilyin kuni bilan birga nishonlanadi. Bugʻu kunini nishonlash bugu' podalarini yozgi yaylovlardan qishlash uchun maxsus yaylovlarga koʻchirish boshlangan kunga toʻgʻri keladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1932-yildan boshlab avgust oyining birinchi yakshanbasi Bugʻu kuni sifatida nishonlangan. 1958-yildan 1994-yilgacha bayram Bugʻuboqar kuni deb nomlangan (Yamalo-Nenets avtonom okrugida hozir ham shunday nom bilan ataladi). Bugʻu kunini 2-avgustda nishonlash rasman 2007-yilda belgilangan[1].

Bayram[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzoq vaqt davomida bayram qilinishi tufayli tantanalar oʻtkaziladigan anʼanaviy joylar ham belgilangan. Bugʻu kunining majburiy qismi — birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar natijalari, qishlov kampaniyasi natijalari, katta va yosh bugʻularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qilingan ishlar sarhisobiga doir yigʻilish oʻtkazilishidir. Bugʻu kunida davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining yuqori mansabdor shaxslari va bugʻu chorvadorlari oʻrtasida amaliy uchrashuvlar ham oʻtkaziladi. Baʼzan Bugʻu kuni tantanalariga boshqa marosimlar (toʻylar, yubileylar, oqsoqollarni eʼzozlash va hokazo) ulanib ketadi.

Bayram kunlari bugʻuchilar oromgohlarida milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar — chanalar uzra sakrash, qoziqqa arqon uloqtirish, bugʻu chanalarida yugurish, milliy kurash musobaqalari oʻtkaziladi. Bundan tashqari, xalq badiiy havaskorlik jamoalarining chiqishlari va xalq sayillari tashkil etiladi. Savdo-sotiq va bayram ziyofatlari uyushtiriladi. Shuningdek, bugʻuchilar va ularning oilalari tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ненецкий автономный округ. Энциклопедический словарь. М.: Аванта+, 2001. ISBN 5-8483-0040-2. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]