Bugʻ yostigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bugʻ yostigʻi — bugʻ mashinasi porsheni yuqorigi chekka nuqgani egallagan paytda porshen bilan silindr qopqogi orasida hosil boʻladigan boʻshliqni toʻldirib turuvchi qisilgan bugʻ hajmi. Porshenning harakatini yengillashtiradi, bugʻning kondensatsiyalanishi (suvga aylanishi)dan issiqlik yoʻqolishini kamaytiradi. Bugʻ yostigʻi hajmi bugʻ mashinasining tezligiga bogʻliq.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bugʻ yostigʻi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil