Bugʻ oʻtkazgich
Qiyofa
Bugʻ oʻtkazgich — bugʻ uzatish qurilmasi. Odatda, yaxlit choʻzilgan poʻlat quvurlardan yasaladi. Past (1,2 MPa gacha) bosimli Bugʻ oʻtkazgichlar flanes yordamida, oʻrta va yuqori bosimlilari esa payvandlab biriktiriladi. Bugʻ kondensatini olib ketish uchun Bugʻ oʻtkazgich bugʻ yoʻnalishi tomonga 2—3% qiyalantirib oʻrnatiladi, suvayirgʻich va drenaj qurilmalar bilan jihozlanadi. Bugʻ oʻtkazgichning bugʻni berkitish va rostlash organlari sifatida ventillar va zulfinlar ishlatiladi; issiqlikdan (termik) kengayishni kompensatorlar bartaraf qiladi. Issiqlik behuda sarf boʻlmasligi uchun Bugʻ oʻtkazgich izolyatsiyalanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Bugʻ oʻtkazgich" OʻzME. B-harfi (Wayback Machine saytida 2019-12-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |