Bugʻ bilan isitish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bugʻ bilan isitish — issiklik eltuvchi sifatida suv bugʻidan foydalaniladigan isitish tizimi. Suv bugʻi binolarga oʻrnatilgan isitish asboblariga quvurlarda keltiriladi. Bugʻ bilan isitish i. tizimlarida bugʻ isitish asboblarida kondensatsiyalanayotganda uning issiqlik ajratish xossasidan foydalaniladi; hosil boʻlgan kondensat quvurlarda markazlashgan issiklik bilan taʼminlash tarmogʻiga yoki isitiladigan binodagi bugʻ qozoniga qaytadi. Bugʻ bilan isitish i.da ishlatilgan (mas, bugʻ mashinalari, turbinalari va boshqalardan chiqqan) bugʻdan ham foydalanish mumkin. Bunday tizim xonadonlarni isitishda deyarli qoʻllanilmaydi, u asosan sanoat binolarini isitish uchun moʻljallangan (yana qarang Isitish).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Bugʻ bilan isitish" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil