Buffonada

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buffonada (lotincha: buffonata — masxarabozlik, qiziqchilik) — komik aktyorning oʻyin uslubi. Buffonada oʻzbek hajvchi aktyorlari ijodida ham uchraydi. Oʻtmishdagi masxaraboz va qiziqchilar (Hasan bukri, Moʻmin qishloqi va boshqalar), Yusufjon qiziq Shakarjonov, M. Miroqilov, S. Xoʻjayev va boshqa aktyorlar buffonadaga xos holatlar yaratganlar. Buffonada, ayniqsa, sirkda keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil