Bufer
Jump to navigation
Jump to search
Bufer (ing . buffer, byff — zarbani yumshatish) — transport vositalari (lokomotivlar, vagonlar va boshqalar) da paydo bo‘ladigan zarbalarni yumshatuvchi moslama. Maye, vagonlar orasida hosil bo‘ladigan bo‘ylama zarbalarni o‘ziga qabul qiladi va yumshatadi. Bunday B. vagonning old va orqa tomoniga ikkitadan o‘rnatiladi. Odatda, B. uchi sferik shaklda bo‘ladi, pishiq po‘latdan tayyorlanadi. Avtomobil B. avtomobil bexosdan biror to‘siqqa urilganda paydo bo‘ladigan zarbalarni yumshatadi. Bunday B. bamper deb ataladi. Rezina yoki plastmassa (ba’zan, po‘lat) dan tayyorlanadi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |