Budjet tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Budjet tizimi — mamlakat hududida amal qiluvchi barcha byudjetlar majmui. Budjet tizimi turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablagʻlari oluvchilar yigʻindisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, byudjet jarayonida ular oʻrtasida, shuningdek byudjetlar hamda byudjet mablagʻlari oluvchilar oʻrtasida vujudga keladigan oʻzaro munosabatlarni oʻzida ifodalaydi. Moliya yiliga moʻljallangan barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish OʻzRning milliy valyutasi — soʻmda amalga oshiriladi („Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 4-m.si). Budjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • byudjet tasnifi tizimi, hisob — byudjet xujjatlari va byudjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;
  • byudjet tuzilishining OʻzR maʼmuriy — hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
  • turli darajadagi byudjetlarning oʻzaro bogʻliqligi;
  • Davlat byudjeti balansliligi; davlat daromadlarini aniq manbalar boʻyicha va xarajatlarini yoʻnalishlari (moddalari) boʻyicha rejalashtirish;
  • Davlat byudjeti xarajatlarini byudjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablagʻlar doirasida va xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan maqsadlarda amalga oshirish;
  • barcha darajadagi byudjetlarning mustaqilligi („Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 5-m.si)[1]..

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi