Budjet subvensiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Budjet subvensiyasi — (lot . subvenire — yordamga kelmok; ing . subvention) — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bn yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik shartida ajratiladigan pul mablagʻlari („Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 3-m.si). Budjet subvensiyasi muayyan bir tadbirni moliyalashtirish uchun ajratiladi va undan maqsadli foydalanish tartibi buzilgan holda, qaytarilishi lozim. Bir qancha mamlakatlarda, mas., AQSh, Italiya, Germaniya, Yaponiyada Budjet subvensiyasi mahalliy boshqaruv organlariga markazdan tasdiqlangan, oʻz tashabbusi boʻyicha amalga oshiriladigan muayyan dasturlar yoki loyihalarni moliyalashtirish uchun beriladi. Budjet subvensiyasi byudjet dotatsiyasidan farqli ravishda qatʼiy maqsad yoʻlida va belgilangan muddat ichida sarflanishi kerak[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi