Budinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Budinlar — Skifiyapa yashagan koʻp sonli kuchmanchi qabilalarning umumiy nomi. Gerodotning yozishicha, B. kuzlari moviy, sochlari malla kishilar bulib, sarmapiarga qoʻshni yerlarda hayot kechirganlar. B. yerlarida yogochdan qurilgan harbiy istehkomlar koʻp boʻlgan, ular skiflarning Doro I ga qarshi urushlarida qatnashgan. Ilmiy adabiyotda B. yashagan yerlar Sharqiy Yevropaning Dnepr daryosi bilan Volga daryosi oraligida deb koʻrsatiladi. Oʻrta Donda saqlanib qolgan mozorqoʻrgʻonlar B.ga tegishli boʻlishi mumkin. B.ning qaysi elatga mansub ekanligi aniqlanmagan. Tadqiqotchilardan ayrimlari ularni mordvalarga, baʼzilari esa slavyanlarga mansub desa, boshqalari fors qabilalaridan biri deb hisoblaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil