Budeshuri tetri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Budeshuri tetri — xoʻraki, vinobop oʻrtapishar uzum navi. Vatani Gruziya. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi (diametri 14—16 sm) uch, besh boʻlmali, arra tishli, tuksiz. Uzum boshi silindrkonus simon (boʻyi 11—17 sm, eni 8—12 sm), oʻrtacha tigʻiz, vazni 200—250 g . Gʻujumi oʻrtacha (diametri 9–14 mm), tuxumsimon, sargʻishyashil, poʻsti yupqa. Eti shirali. Mevasi faol harorat yigʻindisi 3000—3200° boʻlganda 140—150 kun (avg .)da pishadi. Tarkibida 17—19% qand bor. Hosildorligi 90—100 s/ga. Bu nav Oʻrta Osiyo, Shim. Kavkaz va Ukrainada tarqalgan. Sugʻoriladigan yerlarda yaxshi oʻsib, moʻl hosil beradi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida rayonlashtirilgan. BUDYONNII Semyon Mixaylovich [1883.13(25).4, Kozyurin xutori (hozirgi Rostov viloyati, Proletar tumani)— 1973.26.10, Moskva] — shoʻro armiyasi qoʻmondoni. Marshal (1935), uch marta Qahramon unvoni berilgan. Fuqarolar urushida otliq askarlar korpusi komandiri, soʻngra 1Otliq armiya qoʻmondoni (191923). 193941 yillarda mudofaa xalq komissarining oʻrinbosari. 1941—45 yillardagi urushda Jan.Gʻarbiy va Shim. Kavkaz yoʻnalishlari qoʻshinlariga, Rezerv va Shim. Kavkaz frontlariga (194142) qoʻmondonlik qilib, oʻzining layoqatsiz lashkarboshi ekanligini koʻrsatgan. 1943— 53 yillarda Qizil armiya otliq askarlari qoʻmondoni. B. oʻz otliq armiyasi bilan 192023 yillarda Turkiston oʻlkasida boʻlib, bu yerda bolsheviklar vatanparvar istiklolchilarga qarshi olib borgan janglarda faol qatnashgan va koʻplab begunoh kishilarning qonini toʻkkan. 1930—40 yillarda u harbiylar orasida oʻtkazilgan umumiy qatagʻon tashkilotchilaridan biri.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil