Bualo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bualo, BualoDepreo (BoileauDespreaux) Nikola (1636.1.11—Parij—1711.13.3) — fransuz shoiri, tanqidchi, klassitsizm nazariyotchisi. Sorbonna untida oʻqigan. 1660—66 yillarda yozilgan ilk satiralari (9 satira) axloqiy, maishiy va adabiy mavzuga bagʻishlangan. "Oda haqida mulohazalar" (1693) va "Ritor Longinning baʼzi joylari xususida tanqidiy mulohazalar" (1694) asarlari "qad. va yangi adiblar oʻrtasidagi bahs"ga bagʻishlangan. Ularda B. antik mavzu va antik shoirlar ijodining afzalliklarini isbotlashga uringan. Klassitsizm estetikasining asosiy qoidalari bayon qilingan "Sheʼriy sanʼat" (1674) didaktik poemasi antik davr adabiyoti asarlariga tatabbu tarzida yozilgan, Aristotelning "Poetika"si va Goratsiyning "Sheʼriyat ilmi"ni oʻzida umumlashtirgan. B. uz asarlarida oddiy xalq turmushini aks ettirgan. Molyerni "qoʻpollik va toʻporilik"da ayblaydi, Rassinni esa yuqori tabaqaga mansub boʻlgan oliy va yuksak didning taʼrifchisi sifatida ulugʻlaydi. B. shoirlarni saroy doirasidagi kishilar didiga moye asar yozishga chaqiradi, u absolyutizm gʻoyalarining maddohi sifatida adabiyot tarixidan oʻrin oldi. Ijodi 17—18-asrlar Yevropa adabiyotiga taʼsir etgan. "Sheʼriy sanʼat" asari Jamol Kamol tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1978). Ad.: Qayumov O., Chet el adabiyoti tarixi, T., 1973.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil