Bryussel karami

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bryussel karami
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Bryussel karami (Brassica oleracea var. Gemmifera) — krestguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik sabzavot ekini. Gʻarbiy Yevropada, ayniqsa Buyuk Britaniyada koʻp ekiladi. Poyasi tik oʻsadi, yuqori qismida bandli sillits barglar chiqaradi, barg qoʻltigʻida (diametri 2—2,5 sm li 90 tagacha) mevaboshchalar hosil qiladi. Keyingi yili uchki kurtaklari va yon novdalaridan gul novdalar chiqaradi hamda urugʻli qoʻzoq meva tugadi. Bryussel karami bosh karamdan farqli namlikni, hosildor yerni kam talab qiladi, sovuqqa, kasalliklarga ancha chidamli boʻladi. Tarkibida yengil hazm boʻladigan moddalar, 2—5% qand, 5,5—7% oqsil, 70–290 mg vitamin S bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil