Bryukva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Bryukva
Rutabaga, variety nadmorska.JPG
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Bryukva (Brassica napus rapifera) — krestguldoshlar oilasiga mansub ildizmevali ikkd .yillik oʻt oʻsimlik, xashaki ekin (qisman oziq-ovqatga ham ishlatiladi). Yevropa, Shim. Amerika, Avstraliya, Rossiyaning noqoratuproq zonasida yetishtiriladi. Ekilganidan keyin birinchi yili yirik ildizmeva va yirik (uz. 60 sm dan ortiq) savatcha barglar hosil qiladi, keyingi yili gulpoyalar chiqaradi. Mevasi — urugʻli qoʻzoq, urugʻi mayda. Naviga qarab ildizmevasi uzunchoqyumaloq, yumaloqkonussimon, silindrsimon. Pusti va eti sariq yoki sargʻimtiroq. Ildizmevasi tarkibida 5—10% qand, 0,6—2% oqsil, karotin, askorbin kislota, mineral moddalar, gorchitsa (xantal) moyi bor. 100 kg ildizmevasida 13 ozuqa birligi, 100 kg bargida 12,5 ozuqa birligi bor. Ildizmevasi xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda, shuningdek oziq-ovqatga ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil