Bruce Lee
Bruce Lee | |
---|---|
Tavalludi | 27-noyabr 1940[1][2] |
Vafoti | 20-iyul 1973[3][2] |
Fuqaroligi | British Hong Kong va AQSh[4] |
Otasi | Lee Hoi-chuen[5] |
Onasi | Grace Ho |
Bruce Lee (taxallusi; toʻliq nomi Li Syaolun; xitoycha "bryusli" soʻzi "kichik ajdaho" maʼnosini anglatadi), (1940.27.11, San-Fransisko – 1973.20.7, Hong Kong) — jang sanʼati (kunfu) ustasi. AQShda safarda yurgan xitoylik teatr aktyorlari oilasida tugʻilgan. 11 yoshidan Shaolin maktabi ustasi Ip Mandan ushu, kunfu saboqlarini oldi. 17 yoshida SanFransiskoga ketib, oshpazlik qildi, unversitetga oʻqishga kirdi, kunfu maktabini ochdi, yakkakurashning jitkundo deb atalgan maxsus yoʻnalishiga asos soldi. 1965-yilda sport mashgʻulotlari asosida olingan film unga shuhrat keltirdi, Gollivudga taklif etildi. "Katta boss", "Shiddatli musht", "Ajdahoning chiqishi", "Ajdaho yoʻli", "Ajdaho bilan olishuv" filmlarida suratga tushdi. Oʻzi ham Gonkongda "Konkord" kinostudiyasini ochib, "Oʻlim bilan oʻynashish" filmi ustida ish boshladi. Ogʻir kasallikka chalingan B.L. shifoxonada yakkakurashga bagʻishlangan "Yengilmas musht yoʻli" kitobini yozib tugatdi. Sogʻaygach, filmning 20 daqiqasini suratga olishga ulgurdi. Oʻlimiga notoʻgʻri qabul qilingan dori sabab boʻlgan degan tashhis qoʻyilgan (Sietl shahridagi qabristonga dafn qilingan).
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |