Bronza qoʻngʻizlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Bronza qoʻngʻizlari
Cetonia aurata4.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

BRONZA QOʻNGʻIZLARI, tilla qoʻngʻizlar (Cetoniini) — plastinka moʻylovli qoʻngʻizlar oilasining kenja oilasi. Uz. 1—10 sm. Ustki qanotlari metall tusda tovlanib turganidan tilla qoʻngʻizlar deb ham ataladi. Ustki qanotlarining ikki yonida tirqishlari boʻladi. Bronza qoʻngʻizlari uchganida ostki qanotlari ana shu tirqishdan chiqib yoyiladi, ustki qanotlari yoyilmasdan qorni ustida taxlanib turadi. 2700 dan ortiq turi bor, koʻpchiligi tropik mintaqalarda tarqalgan, ayniqsa tropik Afrikada (mas, goliflar) va Jan. Osiyoda koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda 12 turi tarqalgan. Togʻli hududlarda yashil bronza qoʻngʻizi (Netocia marginicollis) va paxmoq bronza qoʻngʻizi yoki olenka (Epicometis turanica) bir tomondan oʻsimliklarning gulini yeb birmuncha ziyon keltirsa, ikkinchi tomondan gullarni changlatib foyda keltiradi. Bronza qoʻngʻizlari ning Ssimon qurtlari chiriyotgan yogʻochlar, kompostlar, oʻrmon toʻshalmasida, ayrim turlari chumolilar va kemiruvchilar inida rivojlanadi. Ayrim Bronza qoʻngʻizlari , mas, olenka ekinlarga ziyon keltiradi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil