Bronxostenoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bronxostenoz — bronx devorining torayishi; bronx yoʻlidagi patologik oʻzgarishlar yoki uning teshigiga yot jismlarning tushishi, shuningdek oʻsmalar paydo boʻlishi natijasida vujudga keladi. Bronx operatsiyalaridan keyin ham B. kuzatilishi mumkin. B. organik oʻzgarishlar tufayli roʻy beradi, shu sababli uni bronxospazmdan farq qilinadi. B. ni bronxoskopiya va bronxografiya qilib aniqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil