Bronxiomikoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bronxiomikoz (jabralarning chirishi) – o‘tkir kantagioz kasallik, jabra apparatining qon tomirlari jarohatlanishi va jabra varaqlar to‘qimasining nekrozga uchrashi bilan xarakterlanadi. Kelib chiqishi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi-parazit zamburug‘larning 2 ta turi. Ulardan biri-Branchiomyces sanguinis-zog‘orabaliq, tangachalari kam zog‘orabaliq, tovonbaliq, toshboshlarni zararlaydi. Ikkinchi turi- Branchiomyces demigrans – cho‘rtan baliqni zararlaydi. Lin balig‘ida ikki tur ham parazitlik qiladi. Branchiomyces sanguinis qonning maxsus paraziti. Zamburug‘larning giflari (ichidagi xuddi tuxumga o‘xshash pushtlari)  kuchli  shoxlangan  bo‘lib,  qalinligi  8-30  mkm, uzunligi 10-15 mkm ga teng. Ular  kurtak  shaklida,  odatda,  yupqa  bo‘lib,  spora  hosil qilganida esa qalinlashadi. Kuchli shoxlangan (tarmoqlangan) giflar faqat jabraning qon tomirlarida joylashadi hamda jabraning bo‘lmalarida va nafas olish organining burmalarida bo‘ladi.  Branchimyces demigrans mitseliysi daraxtsimon shoxlangan giflardan tashkil topgan. Giflarning eni  13-15 mkm, ba’zan 30 mkm gacha va qalinligi 0,5 dan 0,7 mkm rivojlanishning oxirgi bosqichida 22—28 mkm gacha uzayadi. Zamburug‘ tomirlarda (venalarda) parazitlik qiladi. Uning  yorilishi natijasida jabraning biriktiruvchi to‘qimasiga kirib oladi va u yerda o‘sishi davom etadi.

  Branxiomikoz kasalligining qo‘zg‘atuvchilari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, xo‘jalik ishlari past darajada olib boriladigan hovuzlarda, sanitar qoidalarga amal qilinmaydigan hovuzlardagi baliqlarni kasallantiradi. Bu kasallik akvarium baliqlarida ham ro‘yxatga olingan. Branxiomikoz bilan barcha yoshdagi karp, zog‘ora, tovonbaliq, toshboshbaliq, lin, cho‘rtan baliq ba’zan forel va laqqa baliqlarda parazitlik qiladi, lekin 1 yoshli baliqlar bu kasallikga ancha ta’sirchan. Ularda kasallik og‘ir kechadi va 70% gacha baliqlar zararlanadi. Bronxiomikoz o‘lati yozda, suvning harorati 20-22 °C bo‘lganda rivojlana boshlaydi. Infeksiya manbai bo‘lib kasallangan baliqlar va o‘lgan baliqlarning murdalari xizmat qiladi. Kasallikning paydo bo‘lishiga sifatsiz  oziqlantirish, suvning kuchsizligi, suvning organik moddalar bilan ifloslanishi sabab bo‘lishi mumkin. O‘sib borayotgan zamburug‘larning giflari qon tomirlar yo‘lini berkitib qo‘yadi va “emboliya” holati yuzaga keladi. Buning natijasida qon aylanishi va gazlar almashinuvi kuzatiladi. Nekrozga uchragan jabra to‘qimasi parchalanadi, zamburug‘ giflari tomirlar orqali buyrak va taloqga boradi, shu yerda qoladi va o‘sishda davom etadi. Patologik jarayon rivojlanishi tufayli qonning sur’ati ham o‘zgara boshlaydi: gemoglobinning 29 gr/l gacha (norma 90 gr/l) tushishi, eritrotsitlar soni 0,8 Nekroz– 1,5 mln/ 1mkl gacha kamayish kuzatiladi.    Leykogramma tekshirilganda neytrofiliyaning 24% (norma 0,5%); limfotsitopeniya 64% gacha (norma 95%) va monotsitoz 2- 5% gacha (norma 0,5%) o‘zgarishini ko‘rish mumkin.