Briologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Briologiya (yun. bryon — yoʻsin, mox va logos — taʼlimot) — botanikaning yoʻsinlarni oʻrganuvchi boʻlimi. B. soʻnggi yillarda alohida fan sifatida rivoj topdi. Hozirgi vaqtda B.ning briotsenologiya, brioskologiya, briogeografiya, briofiziologiya kabi sohalari bor. B. torf hosil boʻlishi, yoʻsinlar oʻsgan yerlarda astasekin tuproq hosil boʻlishi kabi xoʻjalik uchun ahamiyati katta jarayonlarni oʻrganadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil