Briketlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Briketlash (frans. brigue — gʻisht) — keyinchalik foydalanishni qulaylashtirish maqsadida mayda donador materiallar (ruda, yoqilgʻi, metall chiqindilari va qipiq) ni presslab, maʼlum shaklga (briket shakliga) keltirish. B.da bogʻlovchi qoʻshimchalar (qoramoy, bitum, sement, suyuq shisha va boshqalar) ishlatiladi. Kumir, torf, ozuqa ham briketlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil