Brett Skinner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brett Skinner
Skinner "Sioux Falls Stampede" klubida
Tugʻilgan joyi 28-iyun 1983-yil (1983-06-28) (40 yosh)
Brandon, Manitoba, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 200 lb (91 kg; 14 st 4 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Oʻynagan jamoalari New York Islanders
Amur Khabarovsk
Iserlohn Roosters
Tappara
Modo Hockey
Piráti Chomutov
NHLga kirish drafti 68-oʻrindagi tanlov, 2002
Vancouver Canucks
Jamoalardagi faoliyat 2005—2017

Thomas Brett Skinner (talaffuzi: Tomas Brett Skinner) (1983-yil 28-iyunda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi va Shimoliy Amerika xokkey ligasi (NAHL) vakili „Minnesota Wilderness“ klubining hozirgi bosh murabbiyi. Brett Skinner ilgari soʻnggi besh mavsumni Amerika Qoʻshma Shtatlari xokkey ligasi (USHL) vakili „Sioux Falls Stampede“ xokkey jamoasida yordamchi murabbiy sifatida oʻtkazgan.

Brett Skinner 2005-yildan 2017-yilgacha oʻn bir mavsum davomida Amerika xokkey ligasi (AHLda 10 xil klublar uchun 400 dan ortiq oʻyinlar), Kontinental xokkey ligasi (KHL) va Milliy xokkey ligasi (NHL) jamoalarida poroffesional xokkeychilik faoliyatini olib bordi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brett Skinner 2002-yilgi NHL kirish loyihasining 3-raundida „Vancouver Canucks“ xokkey klubi safiga 68-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Brett Skinner 2000—2001-yillarda BCHL vakili „Trail Smoke Eaters“, 2001—2002-yillarda USHL vakili „Des Moines Buccaneers“ va 2002—2005-yillarda Denver universiteti xokkey jamoasi safida faoliyat olib bordi. 2005-yil 30-avgustda Brett Skinner „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi. 2005—2006-yilgi mavsumda Brett Skinner klubning AHL filiali „Manitoba Moose“ xokkey klubi safiga yuborildi. Brett Skinner klub safida oʻzining ilk professional oʻyinini oʻtkazdi. 2006-yil 9-martda Brett Skinner Keith Carney va Juha Alen evaziga „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga „Vancouver Canucks“ klubi tomonidan sotildi[1].

Skinner 2006—2007-yilgi mavsumni „Augusta Lynx“, „Portland Pirates“ va „Omaha Ak-Sar-Ben Knights“ xokkey jamoalarida oʻtkazdi. Brett Skinner 2007-yilning 24-sentyabrida Nathan Saunders bilan birga „Boston Bruins“ klubiga sotildi[2].

2009-yil 8-iyulda Brett Skinner „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[3]. Brett Skinner 2009—2010-yillardagi mavsumni „Colorado Avalanche“ xokkey klubining AHL boʻlimi „Lake Erie Monsters“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. Brett Skinner „Lake Erie Monsters“ klubi safida 73 ta oʻyinda maydonga tushib, 28 ochko toʻpladi. 2010-yil 22-yanvarda Brett Skinner „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[4].

Shundan soʻng, Brett Skinner Shimoliy Amerikani erkin agent sifatida tark etdi va 2010-yil 12-avgustda Rossiyadagi KHL vakili „Amur Khabarovsk“ xokkey jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[5].

2014-yil 2-sentyabrda Brett Skinner erkin agent sifatida Chexiyadagi „Piráti Chomutov“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[6].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2000—2001 Trail Smoke Eaters BCHL 59 11 24 35 43
2001—2002 Des Moines Buccaneers USHL 46 9 38 47 25 3 0 1 1 0
2002—2003 Denver universiteti WCHA 37 4 13 17 27
2003—2004 Denver universiteti WCHA 44 7 23 30 32
2004—2005 Denver universiteti WCHA 41 4 31 35 28
2005—2006 Manitoba Moose AHL 65 4 21 25 33 13 0 4 4 19
2006—2007 Augusta Lynx ECHL 5 1 3 4 8
2006—2007 Portland Pirates AHL 41 6 12 18 24
2006—2007 Omaha Ak-Sar-Ben Knights AHL 21 0 6 6 2 5 0 3 3 2
2007—2008 Providence Bruins AHL 68 7 40 47 47 10 0 1 1 0
2008—2009 Bridgeport Sound Tigers AHL 24 1 11 12 10
2008—2009 New York Islanders NHL 11 0 0 0 4
2008—2009 Chicago Wolves AHL 37 3 20 23 4
2009—2010 Lake Erie Monsters AHL 73 3 25 28 43
2010—2011 Amur Khabarovsk KHL 34 2 4 6 12
2011—2012 Iserlohn Roosters DEL 25 1 10 11 22
2011—2012 Tappara SM-l 7 0 3 3 6
2011—2012 Modo SEL 11 0 3 3 0 6 0 0 0 0
2012—2013 Allen Americans CHL 28 7 30 37 4
2012—2013 Grand Rapids Griffins AHL 33 4 13 17 12 21 0 6 6 6
2013—2014 Norfolk Admirals AHL 10 0 3 3 0
2013—2014 Rockford IceHogs AHL 38 1 9 10 8
2014—2015 Piráti Chomutov Czech.1 50 4 26 30 18 11 1 5 6 4
2015—2016 Piráti Chomutov ELH 36 3 7 10 6 8 3 0 3 16
2016—2017 Piráti Chomutov ELH 52 4 12 16 20 17 0 0 0 8
AHL jami 410 29 160 189 183 49 0 14 14 27
NHL jami 11 0 0 0 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mighty Ducks trade Carney, acquire Friesen, O'Donnell“. ESPN (2006-yil 9-mart). Qaraldi: 2009-yil 6-iyul.
  2. „Bruins acquire Skinner, Saunders in exchange for Mowers“. Boston Bruins (2007-yil 24-sentyabr). 2007-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-iyul.
  3. „Avalanche sign Dupuis, Skinner“. Colorado Avalanche (2009-yil 8-iyul). Qaraldi: 2009-yil 8-iyul.
  4. „Home sweet home“. Colorado Avalanche (2010-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 11-aprel.
  5. „Skinner signs in Russia“. Brandon Sun (2010-yil 12-avgust). Qaraldi: 2010-yil 12-avgust.
  6. „Two new players signed to Chomutov Pirates“ (Czech). KLH Chomutov (2014-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 2-sentyabr.