Brenda Song

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brenda Song

2009-yil. Brenda Song taqdirlash marosimida
Tavalludi 27-mart 1988-yil (1988-03-27) (35 yosh)
U.S.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1993–hozirgacha
Bolalari 2 nafar

Brenda Song (1988-yil 27-martda Kaliforniyada tugʻilgan)[1] – amerikalik aktrisa.

Ilk faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Song oʻz faoliyatini olti yoshida qizaloqlar kiyimlari uchun model sifatida boshlagan. Ekrandagi ilk chiqishini esa "Thunder Alley" (1995-yil) koʻrsatuvida mehmonlikdan boshladi va " Faj " (1995-yil) bolalar teleserialida bosh rollardan birini ijro etdi. „Young artist award“ mukofotiga sazovor boʻlgan "The Ultimate Christmas Present" (2000) original filmda ham oʻz roli bilan qatnashdi. Keyinchalik u Disney Channel bilan shartnoma imzoladi. "Homecoming Warrior" (2006) filmidagi bosh qahramon va "The Suite Life „ (2005–2011) komediya franshizasida London Tipton rollarini ijro etgani uchun keng eʼtirofga sazovor boʻldi[2]. Sanʼatga kirib kelganiga koʻp boʻlmay u oʻz muxlislarini topa oldi.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brenda Song olti yoshga toʻlganida, aktyorlik karyerasini davom ettirish maqsadida onasi bilan Los-Anjelesga, Kaliforniyaga koʻchib oʻtdi. Yoshligida Song balet bilan shugʻullanishni, ukasi esa taekvondo sportini xohlardi. Onasi esa ikkisini ham taekvondoga joylashtirdi. Song birinchi sinfi davomida yigʻlagan boʻlsa-da[3], u hozir taekvondo boʻyicha qora kamar sohibasi. Yosh aktrisa ayrim sabablarga koʻra uyda taʼlim oldi va 16 yoshida oʻrta maktab diplomini qoʻlga kiritdi[4][5], keyin mahalliy kollejlarda kurslar oldi. U 2009- yilda Berkli Kaliforniya universitetini tamomlagan[5].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Song tanqidiy eʼtirofga sazovor boʻlgan The Social Network" (2010) biografik drama filmida asosiy rol ijro etuvchilar tarkibiga oʻtdi va ABC siyosiy trilleri „Scandal“ (2012–2013), „Fox“, "New girl „ va“Dads" sitkomida (2013) bosh rollarni ijro etdi. 2014-yil oktabrda esa 20th Century Fox Television[6] bilan shartnomasini imzoladi va keyinchalik NBC va CBS uchun bir nechta televizion kinolarda, jumladan, "Pure Genius" (2016–2017) dramasi, Station 19 (2018–2020)[7] va shu kabi bir nechta drama qismlarida rol oʻynadi. Song Disney Channel tomonidan ishlangan "Amfibiya" (2019–2022) animatsion serialida Enn Boonchuy ovozini taqdim etib, dublyaj aktrisasi sifatida ham oʻzini munosib koʻrsata oldi. Aktrisaning shov-shuvli rollaridan biri "Dollface" komedik-dramatik serialida (2019–2022) ijro etgan Medison Maksvell roli boʻldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Brenda Song“. TV Guide. 2013-11-05da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2023-01-05.
  2. Siedman. „Disney Channel orders more The Suite Life on Deck. TV by the Numbers (15-may 2009-yil). 15-may 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  3. Wu. „The Sweet Life of Brenda Song“. mochimag.com (30-oktyabr 2008-yil). 6-fevral 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-dekabr 2008-yil.
  4. Steinberg, Jacques. „Brenda Song Turns Warrior in Disney's 'Wendy Wu'“. The New York Times (15-iyun 2006-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2008-yil.
  5. 5,0 5,1 Moua, Wameng. „Bonafide Star: Brenda Song“. Hmong Today. St. Paul, Minnesota: Hmong Today LLC (22-sentyabr 2005-yil). Qaraldi: 4-may 2006-yil.
  6. Andreeva. „Brenda Song Signs Talent Holding Deal With Fox & 20th Century Fox TV“. Deadline Hollywood. Penske Media Corporation (28-oktyabr 2014-yil). 3-sentyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-iyun 2018-yil.
  7. Abrams, Natalie (March 9, 2018). 'Station 19' adds Brenda Song for multi-episode arc“. Entertainment Weekly. June 12, 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 9, 2018.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]