Brave panjaralari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Brave panjaralari — kristallar fazoviy panjaralarining koʻrinishi; 14 ta uch oʻlchovli geometrik panjaralardan iborat. Fransuz olimi O. Brave (1811—63) topgan (1848). Elementar uyalar simmetriyasi, yaʼni ularning qirralari bilan burchaklari oʻrtasidagi nisbat, shuningdek markazlashganlik xususiyati jihatdan farqlanadi. Brave panjaralari kristallning istalgan nuqtasiga koʻchirish amali (operatsiyasi) taʼsirida hosil boʻladi. Har xil minerallarda Brave panjaralari oʻziga xos tuzilgan. Minerallarni toʻgʻri aniqpashda muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil