Braun Jon
BRAUN Jon (John Brown) (1800.9.5 — 1859.2.12) — AQSH qoratanli qullarini ozodlikka chiqarish harakati rahbarlaridan biri. 1855—56 yillarda Kanzasdagi quldorlikka qarshi boʻlgan qoʻzgʻolonga rahbarlik qildi. Yashirin "Yer osti temir yoʻli" tashkiloti (Janubiy shtatlardagi qoratanli qullarni shimoliy shtatlarga qochirib yuborib, qulliqdan qutqarish bilan shugʻullangan) faoliyatida ishtirok etgan. Braun 1859-yil butun dunyo qullarining qoʻllab-quvvatlashiga ishonib qoʻzgʻolonga boshchilik qilgan. 18 kishilik otryadi bilan quldorlikka asoslangan Virginiya shtatidagi HarpersFerri qurolaslahaxonasini egallagan. Hukumat qoʻshinlari Braun otryadiga zarba berib, ogʻir yaralangan Braun zambilda sudga keltirilgan. Sud hukmi bilan Charlstonda dorga osilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |