Bratsk suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bratsk suv ombori — Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi suv ombori. 1961-yilda Angara daryosida Bratsk GES uchun qurilgan toʻgʻon natijasida barpo etilgan. Bratsk suv ombori orol Angara daryosini turli mavsumlarda tartibga solib, Bratsk GESning uzluksiz ishlab turishini taʼminlaydi. Maydoni 5470 km², hajmi 169,3 km3. Ikki asosiy qismdan (Angara daryosi boʻylab uz. 500 km, eni 33 km va Oka daryosi boʻylab uz. 370 km)dan iborat. Energetika maqsadlaridan tashqari Bratsk suv ombori oroldan transport, yogʻoch okizish, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat va kommunal xoʻjaliklari maqsadlarida ham foydalaniladi. Bratsk suv ombori orol barpo etilgandan keyin Angara irmoqlarida kema qatnaydigan boʻlib qoldi. Bratsk suv ombori orol sohillarida Bratsk, Svirsk, UsolyeSibirskoye shaharlari joylashgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil