Brandon Mechele

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brandon Mechele (talaffuzi: Brandon Maykl; 1993-yil 28-yanvarda Belgiyaning Breden shahrida tugʻilgan) — Belgiyalik futbolchi, „Brugge“ futbol klubi va Belgiya terma jamoasi himoyachisi.

Brandon Mechele
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Brandon Mechele
Tavallud sanasi 28-yanvar 1993-yil (1993-01-28) (31 yosh)
Tavallud joyi Bredene, Belgiya
Boʻyi 1.90
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Club Brugge
Raqami 44
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2013 Club Brugge
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013— Club Brugge 261 (8)
2016—2017 → Sint-Truidense (ijara) 17 (2)
Milliy terma jamoa
2013—2014 Belgiya U21 8 (0)
2019— Belgiya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 11-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brandon Mechele „Brugge“ safida

Brandon Mechele „Bryugge“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yilning 5-mayida Brandon Mechele „Lokeren“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan[1]. 2014-yil 7-dekabrda „Zulte Waregem“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Brandon Mechele „Brugge“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[2]. Shuningdek, 2015-yilda Brandon Mechele klubga Belgiya kubogini, bir yildan keyin esa liga kubogini yutishda yordam bergan. 2017-yilda Brandon Mechele „Sint-Truiden“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 22-yanvar kuni „Anderlecht“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Brandon Mechele yangi jamoa tarkibida debyut qilgan[3]. 28-yanvar kuni „Oostende“ futbol klubiga qarshi bahsda Brandon Mechele „Sint-Truiden“ futbol klubi safida birinchi golini kiritgan[4]. Oʻsha yilning yozida Brandon Mechele „Brugge“ futbol klubiga qaytib kelgan va mavsum oxirida Belgiya chempioni boʻlgan.

Hamda, futbolchi 2020-yil aprel oyi oʻrtalarida u „Brugge“ futbol klubi bilan shartnomasini 2022—2023-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan[5].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brandon Mechele Belgiya terma jamoasiga ilk chaqiruvini 2018-yilning oktyabr oyida olgan[6]. 2019-yilning 13-oktyabr kuni Brandon Mechele xalqaro maydondagi debyutini Yevro-2020 saralashida Qozog‘istonga qarshi o‘tkazgan[7].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga belgiya kubogi Yevropa kubogi Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Club Brugge 2012—2013 3 0 0 0 0 0 3 0
2013—2014 25 0 1 0 2 0 28 0
2014—2015 30 2 6 1 13 0 49 3
2015—2016 18 0 2 0 9 0 1 0 30 0
2016—2017 0 0 0 0 2 0 0 0 2 0
2017—2018 40 3 5 2 3 0 48 5
2018—2019 32 0 1 0 7 0 0 0 40 0
2019—2020 24 0 6 1 8 0 38 1
2020—2021 35 2 3 0 4 1 42 3
2021—2022 38 0 4 0 3 0 1 0 46 0
2022—2023 16 1 1 0 6 0 1 0 24 1
Jami 261 8 29 4 57 1 3 0 350 13
Sint-Truidense (ijara) 2016—2017 17 2 0 0 1 0 18 2
Umumiy faoliyatida 278 10 29 4 57 1 4 0 368 15

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Брюгге VS. Локерен 2:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 5-may). 2016-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-oktyabr.
  2. „Брюгге VS. Зюльте-Варегем 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 7-dekabr). 2017-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-oktyabr.
  3. „Андерлехт VS. Сент-Трюйден 3:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 22-yanvar). 2017-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-oktyabr.
  4. „Сент-Трюйден VS. Остенде 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 28-yanvar). 2017-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-oktyabr.
  5. „Brandon Mechele tot 2023 bij club“ (fr). FC Brügge (2020-yil 20-aprel). 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  6. „Martinez looks to freshen up Belgian squad“. Euro Sport (2018-yil 5-oktyabr). 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-oktyabr.
  7. „Kazakhstan v Belgium game report“. ESPN (2019-yil 13-oktyabr). 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.