Brana Ilić
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Brana Ilić | ||
Tavallud sanasi | 16-fevral 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Golubinci, SFR Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.73 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Sloven Ruma | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Jadran Golubinci | |||
Zemun | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003—2006 | Zemun | 93 | (14) |
2007—2008 | Rad | 59 | (16) |
2009—2010 | Partizan | 33 | (5) |
2010—2011 | Vojvodina | 35 | (13) |
2012 | Aktobe | 10 | (3) |
2012—2016 | PAS Giannina | 127 | (26) |
2016—2017 | Aris Thessaloniki | 31 | (8) |
2017—2019 | Kisvárda | 65 | (14) |
2019—2021 | Inđija | 49 | (3) |
2021 | Železničar Pančevo | 18 | (7) |
Milliy terma jamoa | |||
2011 | Serbiya | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (3-dekabr 2021-yil uchun) |
Brana Ilić (talaffuzi: Brana Ilich) (1985-yil 16-fevralda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, „Sloven Ruma“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zemun va Rad
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilić Zemun bilan 2003\2004-yillarda Serbiya va Chernogoriya Birinchi ligasida birinchi marta oʻynagan. U tezda oʻzini asosiy jamoaning doimiy futbolchisi sifatida koʻrsatgan va 23 oʻyinda toʻrtta gol urgan. Ilić „Zemunda“ oʻynagan vaqtida chempionatda jami 93ta oʻyin oʻtkazib, 14ta gol muallifiga aaylangan.
2007-yil qishki transfer oynasida Ilić Serbiyaning birinchi ligasi „Rad“ klubiga oʻtgan va keyingi ikki yilni Rad tarkibida oʻtkazgan. Ilić ularga 2008-yilda Serbiya Superligasiga chiqishda yordam bergan.
Partizan va Vojvodina
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yilning 9-yanvarida Ilić „Partizan“ bilan uch yarim yillik shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 14-mart kuni oʻtkazgan va ikkinchi boʻlim oxirida Lamine Diarra oʻrniga maydonga tushgan. Toʻrt kundan soʻng, „Partizan“ tarkibida ikkinchi oʻyinida Ilich klub uchun birinchi golini urgan va jamoasiga „Yagodina“ga qarshi safar oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam bergan.
2010-yilning 1-iyulida Ilić Vojvodina bilan bir yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan. U 2012-yil qishki transfer oynasida Vojvodinani tark etgunga qadar barcha musobaqalarda 44 ta oʻyin oʻtkazgan va klub uchun 15 ta gol urgan.
Qozogʻiston, Gretsiya va Vengriya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil mart oyida Ilić Qozogʻistonnng grand klublaridan biri „Aktobe“ bilan shartnoma imzolagan. U 2012-yil Qozogʻiston Premyer-ligasining birinchi yarmida 10 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Yozgi transfer oynasida klubni tark etgan.
2012-yilning yozida Ilić Gretsiya Superligasining PAS Giannina jamoasiga qoʻshilgan. U 25-avgust kuni klub safida ilk bor maydonga tushgan va oʻz maydonida Platanias bilan 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinda toʻliq 90 daqiqa harakat qilgan. 7-oktyabr kuni Ilich oʻzining PAS Giannina darvozasiga birinchi golini „Panionios“ga qarshi kechgan bahsda kiritgan. Ilić 11 ta gol (ligada 10 ta) bilan klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida debyut mavsumini yakunlagan. PAS Gianninadagi toʻrt yillik faoliyati davomida Ilić 138 ta oʻyin oʻtkazib klub uchun 28 ta gol urgan[1].
2016-yil 2-avgustda Ilić Futbol Ligasi klubi Aris Saloniki bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[2]. U 18-dekabr kuni „Trikala“ga qarshi oʻyinda (3:2) dubl qayd etib, jamoadagi ilk gollarini kiritgan. Ilić, atigi bir mavsumdan keyin Aris Salonikini tark etgan.
Gretsiyada besh yil oʻynagach, Ilić Vengriyaga koʻchib oʻtgan va 2017-yil iyul oyida Nemzeti Bajnokság II klubi Kisvardaga qoʻshilgan. U oʻzining debyut mavsumida ularga Nemzeti Bajnokság Iga koʻtarilishiga yordam bergan va 35 oʻyinda 10 ta gol urgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilning 18-martida Ilić Shimoliy Irlandiya va Estoniyaga qarshi Yevro-2012 saralash oʻyinlari uchun Serbiya terma jamoasiga chaqirilgan[3][4]. Lekin ikkala oʻyinda ham maydonga tushmagan. U 2011-yilning 3-iyunida Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut terma jamoa trakibda debyut qilgan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Zemun | 2003—2004 | Serbiya va MontenegroBirinchi Ligasi | 23 | 4 | 2 | 0 | — | — | 25 | 4 | ||
2004—2005 | Serbiya va MontenegroBirinchi Ligasi | 28 | 7 | 1 | 0 | — | — | 29 | 7 | |||
2005—2006 | Serbiya va MontenegroBirinchi Ligasi | 27 | 2 | 2 | 0 | — | — | 29 | 2 | |||
2006—2007 | Serbiya Super Ligasi | 15 | 1 | 1 | 0 | — | — | 16 | 1 | |||
Jami | 93 | 14 | 6 | 0 | — | — | 99 | 14 | ||||
Rad | 2006—2007 | Serbiya Birinchi Ligasi | 16 | 9 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | 18 | 9 | |
2007—2008 | Serbiya Birinchi Ligasi | 29 | 6 | 1 | 0 | — | 4 | 2 | 34 | 8 | ||
2008—2009 | Serbiya Super Ligasi | 14 | 1 | 2 | 0 | — | — | 16 | 1 | |||
Jami | 59 | 16 | 3 | 0 | — | 6 | 2 | 68 | 18 | |||
Partizan | 2008—2009 | Serbiya Super Ligasi | 11 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 13 | 2 | |
2009—2010 | Serbiya Super Ligasi | 22 | 3 | 2 | 0 | 9 | 3 | — | 33 | 6 | ||
Jami | 33 | 5 | 4 | 0 | 9 | 3 | — | 46 | 8 | |||
Vojvodina | 2010—2011 | Serbiya Super Ligasi | 22 | 6 | 4 | 0 | — | — | 26 | 6 | ||
2011—2012 | Serbiya Super Ligasi | 13 | 7 | 3 | 1 | 2 | 1 | — | 18 | 9 | ||
JAmi | 35 | 13 | 7 | 1 | 2 | 1 | — | 44 | 15 | |||
Aktobe | 2012 | Qozogʻiston Premyer Ligasi | 10 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 10 | 3 | |
PAS Giannina | 2012—2013 | Gretsiya Super Ligasi | 35 | 10 | 4 | 1 | — | — | 39 | 11 | ||
2013—2014 | Gretsiya Super Ligasi | 34 | 5 | 2 | 0 | — | — | 36 | 5 | |||
2014—2015 | Gretsiya Super Ligasi | 31 | 7 | 2 | 1 | — | — | 33 | 8 | |||
2015—2016 | Gretsiya Super Ligasi | 27 | 4 | 3 | 0 | — | — | 30 | 4 | |||
Jami | 127 | 26 | 11 | 2 | — | — | 138 | 28 | ||||
Aris Thessaloniki | 2016—2017 | Gretsiya Super Ligasi | 31 | 8 | 0 | 0 | — | — | 31 | 8 | ||
Kisvárda | 2017—2018 | Nemzeti Bajnokság II | 35 | 10 | 2 | 0 | — | — | 37 | 10 | ||
2018—2019 | Nemzeti Bajnokság I | 30 | 4 | 5 | 2 | — | — | 35 | 6 | |||
Jami | 65 | 14 | 7 | 2 | — | — | 72 | 16 | ||||
Inđija | 2019—2020 | Serbiya Super Ligasi | 26 | 3 | 1 | 0 | — | — | 27 | 3 | ||
2020—2021 | Serbiya Super Ligasi | 23 | 0 | 0 | 0 | — | — | 23 | 0 | |||
Jami | 49 | 3 | 1 | 0 | — | — | 50 | 3 | ||||
Karyerada jami | 502 | 102 | 39 | 5 | 11 | 4 | 6 | 2 | 558 | 113 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Serbiya | 2011-yil | 1 | 0 |
Jami | 1 | 0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Partizan
- Serbiya Superligasi : 2008—2009, 2009—2010
- Serbiya kubogi : 2008—2009; Individual
- Gretsiya Superligasida Top assistent 2-oʻrin sohibi: 2014—2015
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Τέλος και οι Ίλιτς, Στρούνα από τον ΠΑΣ Γιάννινα“ (grekcha). sport24.gr (14-iyun 2016-yil). Qaraldi: 14-iyun 2016-yil.
- ↑ „Πήρε τον Ιλιτς ο Αρης“ (grekcha). contra.gr (2-avgust 2016-yil). Qaraldi: 4-avgust 2016-yil.
- ↑ „Pižon vratio Pantelića, pozvao Branu Ilića!“ (serbcha). mondo.rs (18-mart 2011-yil). Qaraldi: 8-aprel 2011-yil.
- ↑ „Debituju Šaranov i Ilić“ (serbcha). rts.rs (18-mart 2011-yil). Qaraldi: 8-aprel 2011-yil.