Brady Tkachuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brady Tkachuk
Tkachuk, 2018-yilda
Tugʻilgan joyi 16-sentyabr 1999-yil (1999-09-16) (24 yosh)
Scottsdale, Arizona, AQSH
Boʻyi 6 ft 4 in (193 cm)
Ogʻirligi 212 lb (96 kg; 15 st 2 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
NHL Ottawa Senators
NHLga kirish drafti 4-oʻrindagi tanlov, 2018
Ottawa Senators
Jamoalardagi faoliyat 2018—hozirgacha

BraedenBradyTkachuk (talaffuzi: Braeden „Breydi“ Tkachuk) (1999-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik-kanadalik professional xokkeychi. Brady Tkachuk hozirda Milliy xokkey ligasida (NHL) „Ottawa Senators“ xokkey klubi safida oʻynamoqda. Tkachuk „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga 2018-yilgi NHL kirish loyihasida toʻrtinchi umumiy tanlov asosida qabul qilingan edi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brady Tkachuk dastlab, „St. Louis AAA Blues U16“ jamoasida faoliyatini boshlagan. Shundan soʻng, Brady Tkachuk AQSh xokkey jamoasini rivojlantirish dasturida (USNDPT) ishtirok etdi. Keyin Brady Tkachuk Boston universiteti xokkey jamoasi safiga qoʻshildi[1]. Brady Tkachuk universitetning „Boston Terriers“ xokkey jamoasida oʻynagan vaqtida, 2018-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida AQShning 20 yoshgacha boʻlgan xokkeychilar terma jamoasiga kiritldi[2].

Brady Tkachuk 2018-yilgi NHL kirish loyihasidaOttawa Senators“ xokkey klubi safiga toʻrtinchi oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi[3]. Tkachuk 2018-yil 13-avgustda „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[4][5]. „Ottawa Senators“ xokkey klubining mavsumoldi oʻyinlarida qatnashgandan soʻng, Tkachuk klubning asosiy jamoasi roʻyxatiga kiritildi. Biroq Brady Tkachuk jarohatlar tufayli bir nechta oʻyinlarni oʻtkazib yubordi. Oxir-oqibat Brady Tkachuk NHLdagi debyutini 8-oktyabr kuni „Boston Bruins“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (6:3 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi[6]. Keyingi oʻyinda, 10-oktyabrda, Brady Tkachuk oʻzining NHLdagi birinchi golini „Philadelphia Flyers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi[7]. 17-oktyabr kuni Brady Tkachuk jarohatlar tufayli bir oyga safdan chiqqani maʼlum bo‘ldi[8]. Tkachuk oxir-oqibat 2018-yil 8-noyabrda „Vegas Golden Knights“ xokkey klubiga qarshi o‘yin uchun „Ottawa Senators“ klubi safiga qaytdi[9].

2019-yil 28-mart kuni „Florida Panthers“ klubiga qarshi o‘yinda Tkachuk bitta o‘yinda darvozaga eng ko‘p zarba berish bo‘yicha „Ottawa Senators“ klubining rekordini o‘rnatdi[10]. Tkachuk 2018 —2019-yilgi mavsumni NHLdagi yangi oʻyinchilar orasida Elias Petterssondan (28ta) keyingi ikkinchi oʻrinda 22 ta gol bilan yakunladi[11].

Brady Tkachuk 2020-yil 22-yanvarda Atlantika divizionidagi 2020-yilgi NHL yulduzlar o‘yini uchun tanlangan oʻyinchilar roʻyxatiga kiritildi[12].

2021-yil 14-oktyabrda Tkachuk „Ottawa Senators“ klubi bilan yetti yillik 57,5 million dollarlik shartnoma imzoladi[13]. 5-noyabr kuni Tkachuk „Ottawa Senators“ klubi franchayzing tarixidagi oʻninchi kapitan sifatida tanildi[14].

2022-yil 2-dekabr kuni oʻzining faoliyatidagi 300-o‘yinida „Ottawa Senators“ klubi kapitani „New York Rangers“ klubiga qarshi oʻyinda xet-trikini qayd etib, faoliyatidagi 100-golini urishga muvaffaq boʻldi[15].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2015 —2016 AQSh Milliy taraqqiyot jamoasi USHL 32 4 4 8 36
2016 —2017 AQSh Milliy taraqqiyot jamoasi USHL 24 12 11 23 73
2017 —2018 Boston universiteti U 40 8 23 31 61
2018 —2019 Ottawa Senators NHL 71 22 23 45 75
2019 —2020 Ottawa Senators NHL 71 21 23 44 106
2020 —2021 Ottawa Senators NHL 56 17 19 36 69
2021 —2022 Ottawa Senators NHL 79 30 37 67 117
NHL yakunlari 277 90 102 192 367

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2015-yil Qoʻshma Shtatlar U17 6 5 2 3 5 4
2017-yil Qoʻshma Shtatlar U18 1st 7 1 6 7 12
2018-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 3rd 7 3 6 9 2
Jami 19 6 15 21 18

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Dilks. „Brady Tkachuk Commits to Boston University“. SB Nation College Hockey (2015-yil 12-may). Qaraldi: 2018-yil 17-avgust.
  2. Rodriguez, Miguel. „Brady Tkachuk making name for himself with U.S. Junior Team“. Buffalo News. Qaraldi: 2018-yil 7-yanvar.
  3. Mike G. Morreale. „Svechnikov stays No. 1 in Central Scouting final rankings“. Milliy xokkey ligasi (2018-yil 16-aprel). Qaraldi: 2018-yil 15-dekabr.
  4. „Senators sign Brady Tkachuk to entry-level contract“. Milliy xokkey ligasi (2018-yil 13-avgust). Qaraldi: 2018-yil 17-avgust.
  5. „Senators sign Brady Tkachuk to entry-level deal“. sportsnet.ca (2018-yil 13-avgust). Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.
  6. Benjamin. „Tkachuk savors debut with Senators against Bruins“. Milliy xokkey ligasi (2018-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  7. Schuller. „Senators rookie Brady Tkachuk scores first NHL goals“. sportingnews.com (2018-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 10-oktyabr.
  8. „Tkachuk out one month for Senators“. Milliy xokkey ligasi (2018-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
  9. Medaglia. „Game Day Notes: Sens vs. Golden Knights“. Milliy xokkey ligasi (2018-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-noyabr.
  10. Wallace, Lisa. „Tkachuk ties two records in a losing cause as Senators fall against Panthers“. North Shore News (2019-yil 28-mart). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
  11. Obernauer, Michael. „Game Day: Georgie Jumps In as Rangers Hit the Road“. Milliy xokkey ligasi (2019-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 6-oktyabr.
  12. „Brady Tkachuk replaces Auston Matthews for NHL All-Star Game due to wrist injury“. globalnews.ca. Global News (2020-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 23-fevral.
  13. „Tkachuk signs seven-year, $57.5 million contract with Senators“. NHL.com. Qaraldi: 2021-yil 14-oktyabr.
  14. „Senators name Brady Tkachuk 10th team captain in franchise history“. Milliy xokkey ligasi (2021-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  15. Rosen. „Tkachuk scores twice late, lifts Senators past Rangers in OT“. NHL.com (2022-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtmishdoshi:
Shane Bowers
Ottawa Senators klubining birinchi davra tanlovi
2018
Vorisi:
Jacob Bernard-Docker


Oldingisi Ottawa Senators jamoasi kapitani
2021-yildan hozirgacha