Brabant ot zoti
Qiyofa
Brabant ot zoti — XIX asrda Belgiyaning Brabant viloyatida chiqarilgan (nomi shundan). Brabant ot zoti zotining gavdasi yirik, baquvvat, tez yetiladi, uzoq yashaydi. 2,5 yoshdan turli qishloq xoʻjaligi ishlarida foydalanish mumkin. Biyasi 4 yoshida kulunlaydi. Erkagining tirik vazni oʻrtacha 800–1000 kg, baʼzan 1200 kg, biyalariniki 700 kg ga boradi. Tuyey jiyron, toʻriq, tim qora. Brabant ot zoti zotidan koʻpgina mamlakatlarda mahalliy otlar zotini yaxshilashda va ogʻir yuk tortuvchi yangi ot zotlarini chiqarishda foydalanilgan. Germaniya, Gollandiya, Daniya, AQSH, Chexoslovakiya, Vengriya va boshqa mamlakatlarda ham boqiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |