Bozulbang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bozulbang
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Bozulbang (Lagochilus inebrians) — yalpizdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 20—40 sm, poyasi yaltiroq, kalin tuk bilan qoplangan. Barglari kam tukli, gullari poyaning har boʻgʻimida 4—6 tadan boʻlib, barg qoʻltigʻiga joylashgan. Kosabarglarining uchi tikansimon. Iyundan avgustgacha gullaydi. Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining togʻ etaklaridagi soz tuproq yerlarda, toshloq yon bagʻirlarida va adirlarda oʻsadi. Gullash davrida poyasi va barglarida lagoxilin, staxidrin, smola, efir moyi, oshlovchi moddalar, qand, organik kislotalar, flavinglikozidlar, karotin, vitamin S, kalsiy va temir tuzlari boʻladi. Poyasi va barglaridan tayyorlangan ekstrakt tibbiyotda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil