Bozax qoʻy zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bozax qoʻy zoti — dagʻal junli qoʻy zoti. Goʻshti, juni, suti uchun boqiladi. Ozarbayjon va Armanistonda chiqarilgan. Tusi har xil. Bozax qoʻy zoti z. koʻchqorlarining oʻrtacha vazni 65 kg, sovliklariniki 48 kg atrofida. Qoʻchqorlari 2,3—2,5 kg, sovliqlari 2,2 kg jun beradi. Hozir sof zot holida koʻpaytirilmaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Bozax qoʻy zoti" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil