Boykandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BOYKANDIY, Ahmad ibn Ali as-Sulaymoniy al-Boykandiy. 923-1014-yillarda yashab oʻtgan -muhaddis. Poykend (Boykend) shahrida tug‘ilgan. Iroq, Suriya va Misr shaharlari bo‘ylab ko‘p syohatlar qilgan va ko‘plab hadislar to‘plagan. Vataniga qaytib kelgach, har haftada bittadan hadis to‘plami yozib, juma kunlari uni Buxoroga olib borgan va shahar jome masjidida uni juma namoziga kelgan xalq o‘rtasida o‘qib bergan. Boykandiy jami 400 dan ortiq katta va kichik asarlar yozgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

ISLOM ENSIKLOPEDIYASI © „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004