Boygalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Boygalar
Boiga dendrophila.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Boygalar (Boiga) — ilonlarning bir urugi, suvilonsimonlar oilasiga kiradi. Uz. 2 m cha. Tropik Afrika, Jan. Osiyo, Avstraliya va Polineziyada tarqalgan. 30 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonning jan.da, Tojikiston va Turkmaniston dashtlarida uz. 1 m keladigan hind boygasi (V. trigonatum) uchraydi. B.ning tanasi ingichka, chiroyli, boshi katta, tanasidan ajralib turadi, koʻzlari yirik. B. tungi hayvon boʻlganligidan koʻz qorachiqlari tikka joylashgan. Aksari daraxt va butaning shoxlarida yashaydi. B. tishlogʻich, uning yuqori jagʻi orqasida zahar tishlarga oʻxshaydigan, yaʼni oldingi tomonida ariqchasi boʻlgan 2—3 katta tishi bor. Chaqishi odam uchun zararsiz. Chaqish oldidan ular xuddi kapcha ilonlar (kobra)ga oʻxshash boshi va koʻkragini yerdan gʻoz koʻtarib, boʻynini shishirgan holda pishqirib, sekin-asta chayqaladi va ogʻzini katta ochib, oʻljaga tashlanadi. B. kaltakesak, mayda umurtqalilar bilan oziqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil