Boybobo chinnisoz
Qiyofa
Boybobo chinnisoz (? 1876, Qoʻqon) — kulol, chinnisoz usta. U yasagan buyumlar shaklining mutanosibligi, chinnisining aʼlo sifati, nafis uslubda ingichka moʻyqalam bilan zangori boʻyoqda chizilgan bezaklari bilan ajralib turadi. Taniqli chinnisoz Muso Konibodomiyning ham u bilan birga ishlagani maʼlum. Boybobo chinnisoz shogirdlar tayyorlab yetishtirgan. Boybobo chinnisoz yasagan buyumlar (lagan, kosa va boshqalar) Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqaanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |