Boyalich
Qiyofa
Boyalich | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Boyalich (Salsola arbuscula Pall.) — shoʻradoshlar oilasiga mansub sershox buta. Boʻyi 20—100 sm. Bir yillik, novdalari oqish, yaltiroq, bargi kalami, uz. 5–35 mm. Gullari mayda va koʻrimsiz, boshoqsimon toʻpgulga joylashgan. Iyunda gullaydi^ urugʻi sentabrda pishadi. Asosan, choʻllardagi qumloqer larda oʻsadi. Tuya, qoʻy va echkilar B.ning bargi va yosh novdalarini xush koʻradi. B. tarkibida 20,1% kul, 9,1% protein, 1,8% yogʻ, 21,9% kletchatka, 47,9% azotsiz ekstrakt moddalar bor. Uning yashil qismida 1,5% limon kislota, 0,03% alkaloidlar boʻladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |