Boy qabr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boy qabr (Tolstaya mogila) - skiflar qoʻrgʻoni (miloddan avvalgi 4-asr). Ukray naning Dnepropetrovsk viloyati Orjonikidze shahri yaqinida joylashgan. 1971 i. B. N. Mozolevskiy tomonidan tadqiq etilgan. Qoʻrgʻon tagida 2 ta maqbara ochilgan. Ulardan biri (yonboshdagisi) dan aslzoda ayol va uning goʻdagining suyak qoldiqlari topilgan. Ular sernaqsh, zarbof liboslar bilan hamda 4 ta xizmatkor hamrohligida dafn etilgan. Markaziy maqbara (talontaroj etilgan)ga esa skiflarning oliy zodagoni dafn qilingan. Dafn anjomlari orasida qurolyarogʻ, idishlar, 600 ga yaqin bezak buyumlar saqlanib qolgan. Koʻkrakka taqiladigan oltin bezak — pektoral oʻzining yuksak badiiy ishlovi bilan alohida qimmatga ega. Maqbara yonida 3 otboqar, 7 ot tilla egarjabduqlari bilan dafn etilgan. Topilmalar Kiyevdagi Ukraina tarixiy qadriyatlar muzeyida saqlanmoqda.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil