Botqoq tuproq melioratsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Botqoq tuproq melioratsiyasi — botqoqparni quritib qishloq xoʻjaligi ekinlari ekiladigan foydali yerga aylantirish. Bunda tuproq namligi moʻʼtadil darajaga, yaʼni namlik darajasi tuproqning toʻla nam sigʻimiga nisbatan 60—70% ga keltiriladi. Natijada unda havo, oziq sharoiti yaxshilanib, unumdorlik oshadi, organik moddalarning aerob parchalanishi uchun qulay sharoit tugʻiladi. Oʻsimlik havo, harorat va oziq unsurlari bilan taʼminlanadigan boʻladi. Botqoq tuproqli yerlarni yaxshilashning asosiy usullaridan biri maxsus drenaj tizimi qurib, ortiqcha suvni chiqarishdir. Hududning aniq sharoitini hisobga olib drenajning turli usullaridan foydalaniladi.

Botqoqlarni quritishdan oldin uning ekologiyada tutgan oʻrnini chuqur tahlil qilish kerak. Chunki botqoqliklar qushlar va sut emizuvchilar,amfibiya va reptiliyalarning makoni hisoblanadi. Botqoqliklarni qurishi ularni yoʻqolishiga sabab boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Botqoq tuproq melioratsiyasi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil