Botirjon Mahmudov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Botirjon Mahmudov
Statistikasi
Vazni 69 kg
Millati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi 1990-yil
Andijon Oʻzbekiston SSR
Botirjon Mahmudov
Medal soni
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Boks
Boks boʻyicha jahon chempionati
Bronza Milan 2009 69 kg gacha

Botirjon Mahmudov (oʻzbekcha: Botirjon Mahmudov, 1990-yil, Andijon, Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) — O‘zbekistonlik bokschi, havaskorlar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori boʻlgan.

Sport faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yili Botirjon Mahmudov AQSHlik bokschi Errol Spens va Germaniyalik bokschi Sadulay Abdoulaye ustidan g‘alaba qozonib, finalda Oskar Molinaga (Meksika) imkoniyatni boy berib, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

2009-yilgi Osiyo chempionatida ikkinchi jangida mag‘lubiyatga uchragan.

2009-yilgi jahon chempionatida dastlabki bosqichlarda ketma ket uch marta gʻalaba qozonib, yarim finalda esa boʻlajak chempion, Germaniyalik bokschi Jek Kulkayga 4-6 hisobida yutqazdi va 69 kg vazinda bronza medalini qoʻlga kiritdi[1].

Botirjon Mahmudov 2014-yilgacha o‘z chiqishlarini davom ettirdi, biroq u boshqa yirik xalqaro musobaqalarda qatnashmadi.

Bugungi kunda yosh bokschilarni olimpiada va jahon chempionatlariga tayyorlash bo'yicha murabbiylik qilmoqda[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „O‘zbekiston bokschilari Jahon chempionatlarida: Barcha sovrindorlarimiz“. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun.
  2. „O‘zbek boksining yosh yulduzlarini kutib ol, Iordaniya!“. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]