Botir Umidjonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Botir Hoshimovich Umidjonov (1933.31.1, Dushanbe 2004.2.9, Toshkent) — xor dirijyori, kompozitor. Oʻzbekiston xalk, artisti (1982). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1960). Oʻzbek davlat filarmoniyasida xor xonandasi va xormeyster (1952— 60), Oʻzbekiston televideniye va radiosining xor jamoasi tashkilotchisi, badiiy raxbari va bosh dirijyori (1960—93). Mukimiy teatrida xormeyster (1995—2000). Dirijyor sifatida oʻziga xos, milliy anʼanalarga asoslangan xor ijrochiligini yaratishga muvaffaqboʻlgan. Kompozitorlik ijodi Sharq xalqlarining musiqa merosi hamda Yevropa koʻtt ovozli (xor) musiqa uslublarining uygʻunlashuviga asoslangan. Oʻzbekiston xor jamoalarining milliy repertuarini shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. 100 dan ortiq oʻzbek ("Chamanda gul", "Qilpillama", "Qora soch", "Yallama yorim" va boshqalar), tojik ("Diliman", "Chorbaytxo", "Ey sanam"), qirgʻiz ("Komuzchu", "Oy tobo"), qozoq ("Yapuray", "Shanibyau"), uygʻur ("Uynamdu yaxshi"), ozarbayjon ("Tesnif") xalq qoʻshiqlari, shuningdek, mumtoz ("Saraxbori Navo", "Segoh", "Chorgoh") ashula yoʻllarini joʻrsiz xor uchun kayta ishlagan. "Asrim sadosi" kantatasi (Oybek; D.Zokirov bn), "Ipak yoʻli" xor turkumi, "Oqibat" musiqali drama, romans va qoʻshiqlar, kinofilm va radiospektakllar musiqalari muallifi. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan, bir necha xalkaro xor festivali, anjuman va tanlovlar qatnashchisi. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonojamgʻarmasida saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil